“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:10
ЎЗO‘Z

«Turkiston» san’at saroyida bir guruh yigit-qizlarga «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

05 dek, 16:03 9 035 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Turkiston» san’at saroyida bir guruh yigit-qizlarga «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi Prezidentimiz Farmoni bilan ta’sis etilib, 2003 yildan buyon «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan topshirib kelinayotgan «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni ijtimoiy-siyosiy hayotida namuna ko‘rsatayotgan, har jabhada faol va o‘z tengdoshlariga haqiqiy ibrat bo‘layotgan yoshlarga berilishi an’anaga aylangan, Bu haqda «UzA»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Mazkur ko‘krak nishoniga nomzod yoshlarning soni yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2013 yilda Respublika komissiyasiga 800ga yaqin yoshlardan hujjat kelib tushgan bo‘lsa, 2014 yilda ularning soni 950dan ortiqni tashkil etdi.
Joriy yilda ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, san’at, jurnalistika, sport, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan 28 nafar yoshga «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi qaroriga binoan «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni topshirildi. Endi bu mukofotga loyiq ko‘rilganlar soni 409 kishiga etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi. Taqdirlash marosimida shuningdek, davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining etakchilari va faollari, ko‘krak nishonini qo‘lga kiritgan yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qolaversa, estradamiz xonandalari ishtirok etishdi.
Tantanali marosimdan so‘ng, mukofotlangan yoshlar Mustaqillik maydonidagi "Mustaqillik va ezgulik" monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi.

Foto: Kun




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 70
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 342
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar