“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:00
ЎЗO‘Z

Prezident “Sho‘rtan gaz-kimyo” majmuasi yangi loyihalari bilan tanishdi

24 fev, 18:23 9 401 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident “Sho‘rtan gaz-kimyo” majmuasi yangi loyihalari bilan tanishdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

“Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi gaz-kimyo sanoati yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik echimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu loyiha MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biridir.

Loyiha “O‘zbekneftegaz” kompaniyasi ta’sisligida amalga oshirilishi mamlakatimizning yoqilg‘i energetika xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lish barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etib borayotganidan dalolat beradi.

Loyiha doirasida yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlash orqali 1,5 million tonna yuqori sifatli "Evro-5" talablariga javob beradigan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi. Shundan 743 ming tonnasi dizel yoqilg‘isi, 311 ming tonnasi aviakerosin, 431 ming tonnasi nafta va 21 ming tonnasi suyultirilgan gazni tashkil etadi.

Yangi zavod ishga tushirilishi natijasida iqtisodiyotning real tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismini qanoatlantirish va neft importi hajmini kamaytirish orqali xorijiy valyuta sarfini tejashga erishiladi.

Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning ikkinchi yarmida nihoyasiga etkazilishi, zavodda qo‘shimcha 682 yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Davlat rahbarining ko‘rsatmalari asosida “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasi konsepsiyasi qaytadan ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish jarayoniga sintetik nafta xomashyosini jalb qilish masalasi o‘rganildi. Loyiha ishga tushgach, zavodning polimer ishlab chiqarish quvvati mavjud 125 ming tonnadan 450 ming tonnagacha, ya’ni 3,6 barobarga oshirilishi ta’minlanadi. Natijada neft-kimyo yo‘nalishini rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Birinchi bosqichda yuqori qiymatli xomashyo sintetik naftani qayta ishlab, yangi turdagi polietilen va polipropilen bilan birgalikda piroliz distilyatini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Piroliz distilyatidan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati hududda texnologik klasterni barpo etishga zamin yaratadi, istiqbolda kimyo, avtomobilsozlik, farmasevtika, qurilish va to‘qimachilik sohalari yanada rivojlanishida muhim omil bo‘ladi.

Loyiha zavodning mavjud maydonida amalga oshirilib, qurilish ishlari kompleksning ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etmagan holda olib boriladi.

Ta’kidlash joizki, zavodning mavjud intellektual va texnologik salohiyatidan foydalangan holda qo‘shimcha ishlab chiqariladigan mahsulotning tannarxini sezilarli darajada kamaytirish va investisiyalar samaradorligini yanada oshirishga erishiladi.

Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning to‘rtinchi choragida yakunlanadi va loyiha doirasida 250 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz iqtisodiy rivojida muhim o‘rin tutadigan ushbu loyihalarni moliyalashtirish, uskunalarni o‘z vaqtida keltirish, qurilish ishlarining “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, korxonalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirib, aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar