“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:59
ЎЗO‘Z

Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi

24 fev, 16:17 9 566 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 fevral kuni “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Mazkur farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

24 fevral kuni Madaniyat vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga rahbarlar tayinlandi. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori Mahmud Murodov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlandi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Mahmud Murodov 1975 yilda musiqashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent Davlat konservatoriyasini tamomlagan. Mahmud Murodov 1970 yildayoq o‘qituvchilik faoliyatini boshlagan.

Mahmud Murodov 1978 yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida bo‘lim boshlig‘i, keyinchalik musiqiy ta’lim maskanlari boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.

1985-1990 va 1992-1994 yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi direktori lavozimida ishlagan. 1990 yildan 1992 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Mahmud Murodov 2015 yil fevral oyida Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori lavozimiga tayinlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar