“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:59
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

24 fev, 08:40 7 049 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, shu jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror va izchil rivojlanayotgani hamda mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining 2016 yil sentyabr oyida Samarqand shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘zaro savdo hajmini tubdan oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatlarimizning etakchi korxonalari o‘rtasida sanoat kooperasiyasini rivojlantirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan ziyodni tashkil etgan. O‘zbekistonda qozog‘istonlik hamkorlar ishtirokida tuzilgan 230 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda. Avtomobil va temir yo‘l transporti, aviatashuvlar sohalarida an’anaviy faol hamkorlik qilib kelinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish, buning uchun avvalo savdo, investisiyaviy texnologiyalar va transport-kommunikasiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish va mustahkamlash lozimligi, bu savdo va madaniyat sohalarida aloqalarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

Asqar Mamin samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etdi va Qozog‘iston O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 45
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 88
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 125
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 36
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 115
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar