“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 22:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda iqtisodiy sudlar tashkil etilmoqda

22 fev, 21:37 10 328 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda iqtisodiy sudlar tashkil etilmoqda Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tegishli iqtisodiy sudlar etib o‘zgartirildi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Bunda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik sub’ektlarining ortib borishini hisobga olgan holda tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlar tizimi yaratilmoqda. 2017 yil 1 iyun kuniga qadar, ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etiladi.

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish zarurati xo‘jalik sudlarining faqat viloyat darajasida faoliyat ko‘rsatganligi bilan bog‘liqdir. Ayrim tumanlar sud binosidan uzoq masofada joylashganligi sababli tadbirkorlar da’vo arizasini bergan paytdan nizo sudda ko‘rib chiqilguniga qadar viloyat markaziga bir necha marotaba qatnashga majbur bo‘layotgan edi. Bu esa ularning moddiy xarajat va ortiqcha vaqt sarflashlariga sabab bo‘layotgan edi.

Umuman olganda, tashkil etiladigan ma’muriy va iqtisodiy sudlar joylashuvi uzoq hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarning, shu jumladan tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 1
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 21
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 37
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 96
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • Bo‘limlar