“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:44
ЎЗO‘Z

Toshkentda qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan jinoyatchi voqea joyida qo‘lga olindi

22 fev, 14:26 14 701 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan jinoyatchi voqea joyida qo‘lga olindi Joriy yil 17 fevral kuni Toshkent shahri Olmazor tumani Ichki ishlar organlari xodimlari tufayli g‘araz niyatli shaxsning niyati amalga oshmadi. Gap shundaki, shu kuni soat 19:30 da Olmazor tumanining Allon ko‘chasida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari shu atrofda yo‘l chetida turgan Matiz rusumli avtomobil ichidan yordam so‘rab baqirayotgan ayol kishining ovozini eshitishgan.

Voqea joyiga zudlik bilan etib borgan ichki ishlar xodimlari mashinaning eshiklari yopiq ekanligiga qaramasdan, avtomashinaning orqa eshigini ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Mashina ichida esa 25-30 yoshlardagi yigit bir qizning nomusiga tegishga harakat qilayotgan edi, ammo ichki ishlar xodimlarining o‘z vaqtida etib kelganligi tufayli bunday og‘ir jinoyatning oldi olindi.

Ichki ishlar xodimlaridan biri mashinaning eshigini ochishganida, avtomobil ichidagi yigit unga pichoq bilan tashlandi va jarohatladi. Shunga qaramasdan, jinoyatchining qo‘lini qayirib, uni qurolsizlantirishdi, deb xabar bermoqda Qalampir.uz sayti.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni hujjatlarsiz Matiz avtomobilini boshqarib yurgan kimsa ishdan chiqqan qizni qo‘rqitib, o‘z mashinasiga o‘tqizgan. Shundan so‘ng, Olmazor tumani Allon ko‘chasida yo‘l chetida to‘xtab, qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, bu shaxs 1988 yilda tug‘ilgan bo‘lib, avval Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan sudlanib, amnistiya akti tufayli jazodan ozod etilganligi aniqlangan. Endlikda esa unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-, 118-modda 1-qismi va 219-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilyapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar