“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:54
ЎЗO‘Z

Lola Karimova-Tillyaeva yana bir xayrli ishga qo‘l urdi

20 fev, 16:03 9 462 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lola Karimova-Tillyaeva yana bir xayrli ishga qo‘l urdi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolaga tabassum ulash” xayriya aksiyasi doirasida Jizzax viloyatida 1338 nafar bola shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, 45 nafar bola operasiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar bermoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

O‘zbekiston hududlarida istiqomat qiluvchi bolalarni yuqori sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan mazkur tadbirga kam ta’minlangan oila farzandlari hamda Jizzax viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari jalb qilingan.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xodimlari – oftalmolog, travmatolog, otorinolaringolog, EXOKG shifokori, kardiojarroh va kardiolog mutaxassislaridan iborat shifokorlar guruhi viloyatning Forish, Zomin, Zarbdor, Do‘stlik, Paxtakor, Zafarobod, Mirzacho‘l, G‘allaorol, Baxmal va Yangiobod tumanlariga tashrif buyurdilar.

Mutaxassislar bolalarni ko‘rikdan o‘tkazib, sog‘lig‘i jarrohlik aralashuvini talab etgan bolalarga operasiyalar amalga oshirdilar. 137 nafar bola Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga davolanish uchun olib kelindi.

“Ushbu xayriya aksiyasi doirasida viloyatdagi yosh shifokorlar uchun oftalmologiya, travmatologiya-ortopediya, kardiojarrohlik, kardiologiya, otorinolaringologiya va anesteziologiya sohalaridagi yuqori texnologik usullar buyicha treninglar amalga oshirildi”, deydi Lola Karimova-Tillyaeva.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan mazkur loyiha 2012 yildan buyon amalga oshirilib kelinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 0
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar