“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 21:58
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbat qurdi

16 fev, 08:07 6 849 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbat qurdi 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti saylovidagi yuksak g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqotda saylov natijalari Turkmanistonda xalq farovonligini yuksaltirish, mamlakatni izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chuqur o‘ylangan ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi yuksak ishonch bildirayotgani va ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganining yana bir yorqin ifodasi bo‘lgani qayd etildi.

Davlat rahbarlari o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etib, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Turkmaniston faol tashqi siyosat yuritayotgani va Gurbanguli Berdimuhamedovning tashabbuslari xalqaro maydonda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Prezidentlar davlatlararo munosabatlar turli darajalarda sezilarli miqyosda faollashgani, o‘zaro manfaatli hamkorlik kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston hukumat delegasiyalarining amaliy tashriflari yakunlarini, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi hamkorlikni ijobiy baholadilar.

Davlat rahbarlari ikki qardosh mamlakat o‘rtasida amaliy va ochiq muloqotni jadal rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlab, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatni to‘la ishga solishga tayyor ekanini bildirdilar.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlat rahbari lavozimida ulkan yutuqlar, Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Suhbat ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqotga xos bo‘lgan samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Gurbanguli Berdimuhamedov 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida umumiy saylovchilarning 97,69 foiz ovozi bilan yangi muddatga Turkmaniston prezidenti etib saylandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 0
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 1
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 1
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 8
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 23
  • So'nggi yangiliklar
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 0
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 0
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 8
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 8
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Bo‘limlar