“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Nasiba Maqsudova haqida xotira ko‘rsatuvi suratga olinyapti

11 fev, 09:36 10 098 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nasiba Maqsudova haqida xotira ko‘rsatuvi suratga olinyapti Avvalroq, o‘zbek televideniesining taniqli suhandoni, 50 dan ortiq ko‘rsatuvlar muallifi va boshlovchisi, oliy toifali diktor, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, “Shuhrat” medali sohibasi Nasiba Maqsudova 8 fevral kuni 68 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Insultga chalinib, ma’lum vaqt shifoxonada davolangan Nasiba Maqsudova muolajalarni uyida davom ettirayotgan vaqtida yurak xurujini ham boshidan kechirgan edi.

Maqsudovaning oxirgi 10 yillikdagi faoliyati xususiy telekanallar bilan bog‘langani ko‘pchilikka ma’lum. “Diydor shirin” ko‘rsatuvi oynai jahon orqali namoyish etib kelinayotganiga ham bu yil 10 yil to‘ldi.

Kecha, 10 fevral kuni Nasiba Maqsudova so‘nggi manzilga kuzatildi.

Diktorning vafoti uning yaqinlari, oila a’zolari, do‘stlari, hamkasblari qatori, o‘zbek tomoshabinini, Maqsudovani tanigan ettidan etmishgacha bo‘lgan muxlislarni chuqur qayg‘uga soldi.

Bugun, 11 fevral kuni Nasiba Maqsudovaning ikkinchi uyiga aylanib qolgan “My5” telekanalida suhandonning xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv suratga olinadi, deb yozadi “Qalampir” sayti. “Diydor shirin”ning maxsus soni sifatida tayyorlanayotgan mazkur dasturda taniqli diktorlar, Nasiba Maqsudovani yaqindan bilgan do‘stlari, shogirdlari ishtirok etishi kutilmoqda. Dasturni Maqsudovaning suyukli shogigrdlaridan Anvar Azimov olib boradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, diktor Nasiba Maqsudova haqida xotira ko‘rsatuvi 11 fevral, yakshanba kuni efirga uzatiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar