“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:57
ЎЗO‘Z

20 fevraldan “Umra-2017” ziyoratchilarini kuzatish start oladi

09 fev, 20:50 8 132 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
20 fevraldan “Umra-2017” ziyoratchilarini kuzatish start oladi 7-8 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda “Umra-2017” bahor mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qilinayotgan ishlar doirasida umrachilarimiz guruhlariga rahbarlik qiluvchi guruhboshilari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarda respublikaning Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha viloyatlardan guruhboshilar ishtirok etdilar. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Seminarda mas’ullarga Toshkentdan Saudiya Arabistoni va Toshkentga qaytguncha bo‘lib o‘tadigan barcha tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminarda ishtirok etgan shifokorlar guruhi rahbari ham umrachilarga etkazilishi lozim bo‘lgan tibiy tavsiyalar to‘g‘risida ham alohida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Respublika “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tavsiyalari bilan tashkil etilgan mazkur mavsum davomida 5350 nafar fuqarolarning umra ziyoratiga borishi rejalashtirilgan.

Bu mavsum davomida ziyoratchilarga Saudiya Arabistonida 8 nafar ishchi guruh, 8 nafar oshpaz va 27 nafar shifokorlar guruhi xizmat ko‘rsatadi.

O‘n kunlik umra safari davomida o‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun bo‘lib, “Nur Mavadda” mehmonxonasida istiqomat qilishi rejalashtirilgan. Makka shahrida esa Haram masjididan 500-600 metr masofada joylashgan “Abroj Kisva” mehmonxonasi ziyoratchilarni kutib olishga shay holatga keltirilgan bo‘lib, umrachilar u erda 7 kun davomida bo‘ladilar.

Umra ziyoratiga tayyorgarlik doirasida barcha ziyoratchilarimiz mavsumiy kasalliklarga qarshi emlanib, davlat ramzi tushirilgan kamzul va sumkalar bilan ta’minlanadi. Safar oldidan ularga umra safarining mohiyati, uni ado etishga doir masalalar guruh rahbarlari tomonidan tushuntirish ishlari ham olib boriladi.

Umra ziyoratchilarini Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ullari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kuzatadilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, “Umra-2017” bahor mavsumi ziyoratchilarini kuzatish 20 fevraldan 1 aprelga qadar davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 150
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar