“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:31
ЎЗO‘Z

Amerikalik olimlar uyquning maqsadini aniqlashdi

03 fev, 15:19 8 238 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik olimlar uyquning maqsadini aniqlashdi Uyquning maqsadi - insonga ortiqcha narsalarni unutib, yaxshilarini eslab qolishga yordam berish. 2 fevral kuni Science jurnalida chop etilgan yangi ilmiy ishlar "sinaptik gomestaz gipotezasi" nomi bilan mashhur bu nazariyani tasdiqlaydi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Hisobotlardan birida gipoteza mualliflari, Viskonsin universiteti mutaxassislari Julio Tononi va Kyara Sirelli sinapslar (asab impulsini uzatish joylari) hajmi va shaklini o‘rganishga oid tajriba haqida ma’lumot berishgan, tajriba sichqonlarda o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, uyqudagi jonivorlarda bunday aloqa zonalari tetik kishilarga qaraganda 18 foizga kam bo‘lar ekan. Bunday tafovut mutaxassislarning o‘zlarini ham ajablantirdi.

Ikkinchi holatda Jons Hopkins universiteti xodimi Grem Diring xuddi shu gipotezani sinash uchun sichqonlar miyasidagi proteinlarni o‘rgangan. Natijada shartli belgi olgan Homer1A proteini topilgan - u uyqu vaqtida sinapslarning "kesilishi"da muhim rol o‘ynaydi. Genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar yordamida olimlar Homer'ning mavjudligi yoki yo‘qligi kemiruvchilar xotirasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganini tasdiqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Xususan, tadqiqot mualliflarining baholariga ko‘ra, mazkur proteinsiz uyqu jarayoni sichqonlarning qo‘rqinchli xotiralarini o‘chirmagan. Nazorat guruhida esa uyqudan keyin qo‘rquv yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan.

The New York Times gazetasi bu tadqiqotlarni baholar ekan, boshqa mutaxassislar "yangi natijalar sinaptik gomestaz gipotezasining so‘zsiz isboti hisoblanmasligi"ni ta’kidlab o‘tgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 87
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 163
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 152
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 275
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar