“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:24
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston bankidan milliardlab dollar mablag‘ o‘g‘irlagan oligarx tergovga chaqirildi

03 fev, 08:47 5 980 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston bankidan milliardlab dollar mablag‘ o‘g‘irlagan oligarx tergovga chaqirildi Siyosiy va iqtisodiy masala bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan qozog‘istonlik oligarx Muxtor Ablyazov Fransiyada qo‘lga olinganligi haqida xabar bergan edik. Aslida 2013 yilda qo‘lga olingan Muxtor Ablyazov o‘ziga tegishli bankning katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.

Muxtor Ablyazov unga qo‘yilayotgan ayblovni inkor etgan holda bunga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning “tuzog‘i”, deb izoh bergan. 2016 yil dekabr oyida Fransiya hukumati uni Qozog‘istonga emas, Rossiyaga jo‘natish istagida edi, ammo bu ham amalga oshmadi.

Qozog‘istonlik tergovchilar OAV orqali sobiq BTA Banki rahbari Muxtor Ablyazov va uning sheriklarini tergov jarayoniga chaqirishmoqda. Bu haqda "RIA Novosti"ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi Ablyazov tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarni isbotlovchi dalillarni aniqlagan.

“Muxtor Ablyazov va uning sheriklari tomonidan bankdan o‘marilgan pul mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi tizim topildi”, deyiladi byuro tomonidan berilgan xabarda.

Aniqlangan dalillar Ablyazovni Qozog‘iston hududidagi va mamlakat tashqarisidagi bir qator guruhlar bilan birgalikda firibgarlik jinoyatini amalga oshirganligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda Muxtor Ablyazov Qozog‘iston hududida bo‘lmaganligi uchun u OAV orqali so‘roq jarayoniga chaqirildi.

Xabarda keltirilishicha, Ablyazov 10 fevralga qadar etib kelishi kerak.

Ma’lumot uchun, Muxtor Ablyazov o‘zlashtirgan mablag‘ miqdori bir necha milliard dollarni tashkil etadi. Unga nisbatan 2009 yildayoq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shundan so‘ng, Ablyazov Evropaga qochib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar