“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 12:27
ЎЗO‘Z

Surxondaryo va Jizzax viloyati hokimlari Senator etib saylandi

02 fev, 18:29 9 970 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryo va Jizzax viloyati hokimlari Senator etib saylandi Joriy yilning 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi o‘tkazish masalasi muhokama qilingan edi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

27 yanvar kuni Termizda Surxondaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati hokimi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.

Shu kuni Jizzax viloyatida ham Xalq deputatlari Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimi, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi Ulug‘bek Uzakov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.

Kuni kecha Markaziy saylov komissiyasida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda 27 yanvar kuni Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan majlislar bayonnomalariga asosan Ulug‘bek Uzakov va Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, majlisda ayrim senatorlarning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish hamda Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 50
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 57
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 35
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 36
  • Bo‘limlar