“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:21
ЎЗO‘Z

Tanasi rangi turli egizak opa-singillar ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi

01 fev, 13:31 12 485 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tanasi rangi turli egizak opa-singillar ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi AQShning Illinoys shtatida yashovchi 25 yoshli Uitni Meyer ismli ona tomonidan egizak qizlari Kelani va Jeranining feysbukda joylashtirilgan suratlari ommalashib ketdi. Shundan keyin bu yoqimtoy opa-singillar haqida ko‘plab AQSh OAV ma’lumot bera boshladi.

Xo‘sh, bu egizaklar nimasi bilan shunchalik tanilib ketibdi, dersiz? Gap shundaki, bu egizaklarning tanasi rangi turlicha. Qizlarning onasi oq tanli, otasi Tomas Din esa qor tanli afroamerikalikdir. Qizlardan biri Kelani onasiga o‘xshab oq tanli va moviy ko‘zli, uning egizagi Jerani esa otasi kabi qora tanli va jigar rang ko‘zli bo‘lib tug‘ilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

Qizlar onasining aytishicha, uning ajoyib qizchalari irqchilik bo‘lmasligi kerakligining tirik ramzidir. "Ularning tanasi turli rangda bo‘lsa ham, qoni bir va biz ularni bir xilda yaxshi ko‘ramiz. Biz bir oilamiz va ularning tanasi rangiga e’tibor bermaymiz", deb aytdi ayol People jurnaliga bergan intervyusida.

Ayolning aytishicha, qizchalar 2016 yil 23 aprelda dunyoga kelishganda u turmush o‘rtog‘i bilan qizlarning tanasi rangidagi farqni ko‘rib ajablangan. Ota-ona Kelani oq tanli bo‘lgani uchun unda albinizm bor deb o‘ylashgan.

Genetik olimlarning aytishicha, qizchalarning holati kamdan-kam uchraydi. Turli tuxum hujayradan dunyoga kelgan qizlar ota-onalaridan ko‘z va tana rangiga javob beruvchi turli genlar guruhini nasl qilib olishgan. Bunday holat yuz berishi imkoniyati 500 tadan bittaga to‘g‘ri keladi.

Qizlar onasining aytishicha, hozirda 9 oylik qizchalar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki fe’l-atvor bilan ham ajralib turishadi. Kelani serg‘ayrat va har qayerda emaklashni yaxshi ko‘radi, Jerani esa bosiqroq va hozircha emaklamaydi va qo‘lda o‘tirishni xush ko‘radi.

Qizchalarning 7 yoshlik Telan ismli akalari bor. U har kuni jajji singilchalariga uxlashlaridan oldin ertak aytib berishdan tolmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar