“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:32
ЎЗO‘Z

Respublika bo‘ylab Islom Karimov xotirasiga ehson marosimlari o‘tkazildi

30 yanv, 20:23 8 156 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Respublika bo‘ylab Islom Karimov xotirasiga ehson marosimlari o‘tkazildi 30 yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson dasturxoni yozilib, osh tarqatildi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov nafaqat odil va adolat davlat rahbari, balki butun dunyo tan olgan buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekistonning yangi tarixi asosichisi, hurriyat, ilm-fan va bunyodkorlik, tinchlik rahnamosi edi.

Islom Karimov rahbarligi davrida O‘zbekiston misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. Paxtasi bilan tilga tushgan agrar mamlakat iqtisodiyoti, ishlab chiqarishi, ma’naviyatli yoshlari, ko‘plab sohalardagi yutuqlari bilan jahonga yuz tutdi. Eng tez rivojlanayotgan va eng tinch mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Buning ortida ham Islom Karimov olib borgan odilona siyosat, uning donishmandligi, uzoqni ko‘zlab ish qilishi yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun Islom Karimov boshlab bergan buyuk kelajak yo‘li uning izdoshlari, shogirdlari tomonidan munosib davom ettirilyapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi restoranlarda yozilgan ehson dasturxonalari atrofida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodga olinib, uning ezgu amallari, xalq farovonligi, yurt tinchligi uchun chekkan zahmatlari haqida suhbatlar bo‘ldi.

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga borgani haqida xabar bergan edik. Davlat rahbari Toshkent va Samarqanddagi ehson marosimlarida ishtirok etdi. Unda Islom Karimov haqiga Qur’on tilovat qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 347
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar