“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 07:53
ЎЗO‘Z

Plastik kartalardagi deyarli 6,5 mlrd. so‘m mablag‘larni “xizmat haqi” evaziga naqdlashtirib bergan shaxslar fosh etildi

30 yanv, 14:28 7 605 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Plastik kartalardagi deyarli 6,5 mlrd. so‘m mablag‘larni “xizmat haqi” evaziga naqdlashtirib bergan shaxslar fosh etildi Farg‘ona shahar DSI xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qisqa muddatli tekshirishda “Ixlos” savdo majmuasida fuqarolarga tegishli bank plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini 10-15 foiz “xizmat haqi” evaziga naqdlashtirib berish bilan shug‘ullangan “hojatbaror”larning jinoiy faoliyati fosh etildi, deb yozadi “Kun.uz” sayti.

Savdo majmuasida xo‘jako‘rsinga oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bilan mashg‘ul, aslida plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirib berishni keng yo‘lga qo‘ygan A.Sabirovning “Neksiya” rusumli avtomobil saloni va yukxonasidan 67 nafar fuqaroga tegishli pasport nusxalari, 258 dona plastik kartalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli “Hamkor bank”ning terminal kartasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, nazorat tadbirlarida yana o‘ndan oshiq tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan to‘lov terminallaridan ham fuqarolarga qonunlarga zid ravishda naqd pullar echib berilganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, fuqarolarning plastik kartalaridagi pullarini ma’lum foiz evaziga naqdlashtirib berishni o‘ziga kasb qilgan A.Ahmedovdan 110 dona plastik karta, D.Xolmatovdan 2 dona plastik karta, shunday ish bilan shug‘ullangan D.Rasulovdan esa 99 dona plastik kartalar, bir nechta xususiy korxonalarning to‘lov terminallari, “hojatbaror” N.Abdullaevdan 3 dona plastik karta va naqd pullar, 2 dona hisob-kitob daftarlari ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.

Tergov jarayonida korxonalar rahbarlari va bevosita naqdlashtirish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslarning jami 76 ming 704 nafar fuqaroning plastik kartalaridagi 6 mlrd. 407 mln. 550 ming so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirib berib, 640 mln. 760 ming so‘m noqonuniy foyda ko‘rib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdorda buzishganligi ma’lum bo‘ldi.

Sud noqonuniy naqdlashtirishda ishtirok etgan xususiy korxonalarning rahbarlari hamda o‘rtada vositachilik qilgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo tayinladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 37
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 39
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 185
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 186
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 73
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 329
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar