“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:32
ЎЗO‘Z

Shifoxonadagi tijorat: Mayyitni olish qancha turadi?

05 yanv, 15:53 8 205 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shifoxonadagi tijorat: Mayyitni olish qancha turadi? Ba’zan ko‘cha-ko‘yda, avtobusda odamlarning shifokorlardan noligani qulog‘imizga chalinadi. Kimdir qaysidir tanishi tug‘ruqxonaga borib, joy topolmaganini aytsa, yana kimdir doktorlarning qo‘pol munosabatidan arz qiladi. Albatta, o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan, qalbi ham egnidagi oq libosi kabi toza shifokorlar ham talaygina. Biroq shifokor nomiga dog‘ tushirayotgan ayrim kimsalar, boshqalarning ham sha’nini bulg‘amoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi Nilufar Saidakbarova ham “Oq libosdagi dog‘lar” nomli maqolasida shu haqida so‘z yuritib, shifoxonada vafot etgan kishining mayitini sarson qilinishi, vafot etgani haqidagi ma’lumotnomani olish “qistir-qistir” bilan yakun topishi haqida yozadi.

“Oq libos poklik, halollik ramzi. Ammo shifokorlikning oq libosini kiyib qora ishlar (fidoyi shifokorlardan ming bor uzr so‘rayman) qilayotganlar ham oz emas. Ba’zi shifokorlar pul ilinjida, ba’zilari obro‘, ba’zilari amal kursiga ishqiboz bo‘lib, kim ekanligini, nima ish qilishi lozimligini unutib qo‘yadi – oq libosiga dog‘lar sochadi.

Bir qarindoshimiz shifoxonada olamdan o‘tdi. Ta’ziya boshlanib ketdi. Dafn marosimiga tayyorlanila boshlandi: qabr qazildi, yuvuqchi, marosim mashinasi chaqirtirildi, uzoq-yaqindan qarindoshlar, mahalla-ko‘y jam bo‘ldi. Hamma g‘ayg‘uda. Visir-visir boshlandi...

— Kim bilsin, peshinga deyishyapti. . .
— Voy, aylanay. Mayyit hali yo‘q-ku!
— Nima?! Hamma narsa taxt – mayyit yo‘q?! Gap-so‘z ko‘paydi. Peshinga yaqinlashib qoldi, mayit esa yo‘q. Qo‘ng‘iroq qildik. Ruxsatnoma beradigan doktor yo‘q ekan. Buning ustiga mayyit yorilmasa, javob ham berilmasmish. Yana allaqanday hujjatlar zarur ekan. Xullas, janoza asrga qoladiganga o‘xshadi. Mayyitning yaqinlari jigarining o‘lganiga kuysinmi, jasadini olish uchun yugursinmi?! Toqati toq bo‘lgan opa shart turib, shifoxonada yugur-yugur qilayotgan jiyanlariga sim qoqdi:

— Muddaosini ochiq aytsin! Yoradigan holi yo‘q-ku ukaginamning. Kasal bo‘lib, ozib-to‘zib hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa!
— Ammajon, “qistir” deyishyapti...
— Qancha?!
— ...ko‘kida. Shunda yorishmasakan, tezda qo‘yib yuborar ekan...
— Uzat, uzat noinsoflarga! O‘lik ustidan pul eyishadi-ya! Adangning sovuq jasadi mustar bo‘lib qolmasin...

Birozdan so‘ng mayyit keltirildi. So‘nggi manzilga kuzatildi”, deb yozadi muallif.

Bu – o‘zimiz ko‘rib, kunda-shunda eshitib yurgan, ba’zan ochiqdan-ochiq guvohiga aylangan voqealar. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: ana shunday qabih ishlarga qo‘l urayotganlar, nafsi ilinjida o‘lik ustidan ham tijorat qilishni maqsad qilganlarning vijdoni bormi? So‘nggi xulosa o‘zingizdan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar