“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:12
ЎЗO‘Z

Bir yil davomida faqat kartoshka bilan oziqlanish natijalari shifokorni hayratga soldi

29 dek, 18:27 7 411 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir yil davomida faqat kartoshka bilan oziqlanish natijalari shifokorni hayratga soldi Janob Endryu Teylor taomga bo‘lgan cheksiz muhabbati bilan ajralib turardi. U qovurilgan, achchiq, yog‘li taomlarni paqqos tushirib kunini o‘tkazardi. Shuningdek shokolad, tortlar va shirinliklardan ham xush ko‘rardi. Bir yil ichida Endryu (o‘zining tan olishicha) o‘zini boshqara olmaydigan darajaga etgan. Bunday qaramlikdan tashvishga tushgan janob Teylor o‘ziga o‘zi savol berdi: insonning faqatgina bir turdagi mahsulot bilan oziqlanishi nimalarga olib kelarkin? Bu borada biroz fikr yuritgan Teylor o‘zi uchun kartoshkali parhezni tanlab oldi va bir yil unga rioya qild, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Rasional qaror

Teylor kartoshkaning nafaqat katta miqdordagi uglevodga egaligi, balki oqsil va yog‘larga ham boy ekanligidan xabar topdi. Bundan tashqari, sabzavot insonni S vitamini va temir moddasi bilan ta’minlaydi.

Kartoshkali tajriba

Ilk ikki hafta ancha og‘riqli o‘tdi. Ko‘p ovqat eyishga o‘rganib qolgan Teylor kartoshkalarni yig‘lab eb o‘tirardi va o‘zining suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga yuklardi. Biroq 15-kundan boshlab ancha yengil tortgani o‘zini ham ajablantirdi. U endi avvalgidek ovqatga talpinmas, organizm ham bir maromda ishlardi.

Qat’iy nazorat

Teylor kuniga 4 kilogrammgacha kartoshka iste’mol qilishiga to‘g‘ri kelmoqda. U o‘zini qat’iy nazorat ostiga oldi hamda na do‘stlari bilan yig‘ilganda va na restoranlarda o‘z parheziga xiyonat qilmadi (ovqatini o‘zi bilan olib yurdi).

Ijtimoiy jihat

Dastlab Teylorning do‘stlari kartoshkali parhez ustidan kulishdi, biroq vaqt o‘tgan sayin uni tushunib, qo‘llab-quvvatlay boshlashdi. Avval kartoshka parheziga qarshi chiqqan Endryuning davolovchi shifokori esa bir yil davomida unga bepul xizmat ko‘rsatishga qaror qildi.

Yoqimli natijalar

Har safargi qon tahlillari avvalgilaridan yaxshi chiqqani sari shifokorning taajjubi oshib bordi. Bir yil ichida Teylorning organizmidagi xolesterin miqdori me’yorga keldi, qon bosimi normallashdi hamda qand miqdorining odatiy yuqori darajasi pasaydi. Parhezdan oldin 152 kilogrammni ko‘rsatgan tarozi parhez yakunida 99 kilogramm natijani qayd etdi.

Tajriba yakuni

Kelasi yilning 1 yanvaridan Teylor o‘zining "kartoshka olamiga sayohati"ni tugallaydi. U sog‘lom fikrlovchi inson va shu bois kartoshka parhezini yana bir yil davom ettirish yaxshilikka olib kelmasligini juda yaxshi tushunadi. O‘tgan vaqt davomida Endryu ochofatlik odatidan mutlaqo xalos bo‘ldi va endi u kartoshka asosli yangi rasion tuzishni rejalashtirmoqda. Ushbu rasionga katta miqdordagi sabzavotlar, mevalar va yog‘siz go‘sht qo‘shiladi.

Endryu Teylorning tajribasi astoyidil harakat qilgan insonning albatta o‘z maqsadiga erishishiga yaqqol misol bo‘la oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 347
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar