“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:19
ЎЗO‘Z

Sakkiz nafar rahbar xodimlarni paxta yig‘imiga majburiy jalb qilgani uchun jazolandi

28 dek, 17:17 8 891 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sakkiz nafar rahbar xodimlarni paxta yig‘imiga majburiy jalb qilgani uchun jazolandi Joriy yilda paxta yig‘imi kampaniyasi (19 sentyabrdan 31 oktyabrgacha) yakunlari bo‘yicha xodimlar va 18 yoshga to‘lmagan bolalarni paxta yig‘im-terimiga majburiy jalb qilgani uchun 3 nafar umumta’lim maktabi, 2 nafar kasb-kolleji direktori, 2 nafar fermer xo‘jaligi raisi hamda 1 nafar shifoxona bosh shifokori ma’muriy javobgarlikka tortildi. Belgilangan jarimalarning umumiy miqdori 4,7 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Mehnat vazirligi axborot xizmatiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Mehnat vazirligiga kelib tushgan 30 murojaat bo‘yicha mehnat qonunchiligining buzilishi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, 10 murojaat bo‘yicha choralar ko‘rildi, 7 murojaat bo‘yicha aybdorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, 13 murojaat yuzasidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilmagani aniqlandi.

Vazirlikning tegishli bo‘linmalari bolalar va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatgan. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan ishlar natijasiga ko‘ra, 14 qonunbuzarlik aniqlandi. Ularning 5 tasi mehnatga o‘z vaqtida haq to‘lamaslik, 9 tasi yollash va mehnat uchun zarur sharoitlar yaratilmasligi bo‘yichadir. Mazkur dalillar yuzasidan 2 nafar shifoxona rahbari, 1 nafar kasb-hunar kolleji direktori, 1 fermer xo‘jaligi rahbari, 1 nafar mahalla raisi va 1 korxona direktoriga majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ko‘rsatma berildi.

Joriy yilda Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyasiga binoan O‘zbekistonda, ayniqsa qishloq xo‘jaligi ishlarida mustaqil jamoat tashkilotlari tomonidan majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha milliy monitoring o‘tkazildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 48
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar