“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 05:08
ЎЗO‘Z

Avtomobillarni olib qochganlik uchun jazo kuchaytirildi

27 dek, 12:38 7 304 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobillarni olib qochganlik uchun jazo kuchaytirildi O‘zbekistonda 27 dekabrdan transport vositalarini olib qochganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi, deb yozadi «Gazeta.uz». Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun bir kun muqaddam Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 6 oktyabrda qabul qilinib, 12 oktyabrda Senat tasdig‘idan o‘tgan edi.

Jinoyat kodeksining yangilangan 267-moddasiga muvofiq, endilikda transport vositasini olib qochish uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi (bunga qadar — 3−5 yilgacha edi).

Xuddi shu jinoyat a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan, b) zo‘rlik bilan yoki zo‘ravonlik tahdidi qo‘llanilgan holda yoxud g) transport vositasini o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘g‘irlash yoki talon-taroj qilish orqali sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishiga sabab bo‘ladi. Muqaddam esa avvalgi ikki band uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.

Mazkur harakat a) o‘ta xavfli residivist, b) jinoiy guruh tomonidan yoki v) transport vositasi bosqinchilik hujumi orqali o‘g‘irlash maqsadida sodir etilsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi (avvalgi ikki band uchun 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish belgilangan edi).

Bundan avvalroq esa O‘zbekistonda so‘nggi uch yil davomida transport vositalarini olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlar soni 65 foizga ortgani ma’lum qilingan edi. JKga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga Bosh prokuratura tomonidan kiritilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 169
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 78
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar