“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:26
ЎЗO‘Z

Toshkentda 9 yoshli bolani urib ketgan Nexia haydovchisi qidirilmoqda

23 dek, 00:29 7 934 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda 9 yoshli bolani urib ketgan Nexia haydovchisi qidirilmoqda Bir necha soat avval, Facebook’ning “Voditeli Tashkenta” guruhi azolaridan biri Toshkent ko‘chalarida YTH sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchini izlab topishda yordam so‘rab guruhdagilar va Toshkent aholisiga murojaat qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Uning ma’lum qilishicha, kecha 21 dekabr kuni soat 20:00-22:00 orasida Chilonzor tumani, “Parus” savdo markazi yaqinidagi ulgurji bozori yonida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, oq rangdagi Nexia rusumli avtomobil 9 yashar bolani urib yuborgan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Bolakay esa zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. Guruh foydalanuvchisining xabar berishicha, YTH ishtirokchisi bo‘lgan 9 yoshli bolakay ayni damda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotibdi.

“O‘sha vaqtda voqea joyida bo‘lgan va ushbu YTHni ko‘rgan insonlarga murojaat qilmoqchiman: Iltimos, voqea joyidan qochib ketgan oq rangdagi Nexia egasini topishda yordam bering.

Bundan keyin hech bir yo‘lovchiga zarar etkazmasligi uchun bu insofsiz va vijdonsiz haydovchini topishda ko‘mak bering.

Kecha sodir bo‘lgan ushbu YTHga guvoh bo‘lgan, biror nimani ko‘rganlardan yordam berishlarini so‘rayman”, deb yozadi guruh a’zosi.

Bugungi kunda tezlikni oshirib, yo‘l qoidalarini buzgani etmagandek, piyodalarni urib ketib, ularga yordam ko‘rsatmayotgan, voqea joyidan juftakni rostlayotgan haydovchilar talaygina. Umid qilamizki, huquq-tartibot organlari xodimlari mazkur jinoyatning tagiga etib, aybdorga nisbatan tegishli chora ko‘radilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar