“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 23:40
ЎЗO‘Z

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) haqida Gyote, Bernard Shou va boshqa olimlarning fikrlari

20 dek, 00:25 24 247 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) haqida Gyote, Bernard Shou va boshqa olimlarning fikrlari Dunyo shu paytga qadar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek mukammal, barchaga o‘rnak bo‘la oladigan go‘zal axloq sohibi, dunyodagi barcha yaxshi sifatlarni o‘zida mujassam etgan zotni ko‘rmagan va bundan keyin ham ko‘rmaydi.

Islom instituti talabasi Nizomiddinov Hoshimjon g‘arb mutafakkirlarining payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) haqida aytgan fikrlarini bir nechtasini jamlab e’lon qildi.

Buyuk nemis faylasufi Yoxann Volfgang Gyote bunday deb yozgan: “Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan barcha saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan… Biz Evropa millatlari, madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Muhammad alayhissalom so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi”.

Bernard Shou: “Agar Muhammad alayhissalomdek bir odam hozirgi dunyoni boshqarganida edi, bu dunyoning mushkulliklarini hal qilishga muvaffaq bo‘lar edi, bu esa o‘z navbatida, hozirgi dunyoga etishmayotgan xotirjamlik va saodatni olib kelgan bo‘lardi”, – degan edi.

Fransiyaning taniqli olimlaridan Lamartinning bunday so‘zlari bor: “Agar kishining buyukligi uning qilgan ishlariga, qozongan zafarlariga, imkoniyati oz bo‘lsa-da, ko‘p ish qilganiga qarab baholanadigan bo‘lsa, Muhammad alayhissalom insonlarning eng buyugidir. U kishi ham payg‘ambar, ham notiq, ham siyosatchi, sarkarda, qalblar himoyachisi, g‘oyalar targ‘ibotchisi, imom, davlat arbobi, er yuzining 20 ta mintaqasida islomiy saltanat qura olgan… Muhammad alayhissalom ana shunday zot edi! Unga hech qaysi buyuk inson tenglasha olmaydi! Nahotki u zot o‘lchovlarga sig‘sa!”.

Oksford universiteti professori Vilyam Mongomeri: “Muhammad alayhissalomning zafar-yutuqlari uning buyukligiga dalildir. Bunday martabaga erishgan boshqa shaxs G‘arbda ma’lum emas. U zotni sehrgarlikda ayblagan kishilar o‘z maqsadiga erisholmay, noiloj qolgan odamning chiranishidir”, – degan.

G‘arb kishilari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tarixlarini, siyratlarini, hayot yo‘llarini yaxshi o‘rgangani sababli mana shunday xulosalarga kelganlar. Shundan kelib chiqib, biz suyukli Payg‘ambarimiz alayhissalomning hayot yo‘llarini barchadan yaxshiroq bilishimiz, barcha narsada u zotga ergashishimiz lozim bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 45
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 88
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 125
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 36
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 115
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 0
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 0
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 7
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 63
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 18
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 29
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 16
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 60
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 203
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 124
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 182
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 99
  • Bo‘limlar