“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:42
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi o‘sish sur’atlari sust ekanini tanqid qildi

17 dek, 11:42 8 416 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi o‘sish sur’atlari sust ekanini tanqid qildi 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyurib xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, viloyat hokimi Muhiddin Turdievich Esonov vazifasidan ozod etib, o‘rniga O‘ktam Barnoyevni tayinlagan edi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlashda muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, yalpi hududiy mahsulot tarkibida sanoatning ulushi mamlakatimiz bo‘yicha erishilgan marralardan ancha orqada qolayotgani, qishloq xo‘jaligida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan dasturlar ijrosi etarli darajada ta’minlanmayotgani tanqid qildi.

“Buxoro viloyatida yuksak marralarni egallash biz ko‘zlagan ko‘pgina marralarga erishishda, avvalo, odamlarni ish bilan ta’minlash, daromadini oshirish, ishlab chiqarish sur’atlarini o‘stirish, butun voha qiyofasini o‘zgartirishda sanoatning rivoji ustuvor o‘rin egallaydi” dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar viloyatdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarurligini ta’kidladi.

“Olot, Qorako‘l, Romitan, Shofirkon tumanlarida terini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish sust holatda, sho‘rlangan ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun zarur sharoitlar yaratish, kasanachilik, parrandachilik, hunarmandlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar bugungi talabga javob bermaydi”, deydi Prezident.

Majlisda bunday vazifalarni amalga oshirish uchun har tomonlama chuqur o‘ylangan, Buxoro viloyatining sharoiti va imkoniyatlarini hisobga olgan holda alohida dasturlar ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish zarurligi qayd etildi. Mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 98
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 54
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 144
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 147
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 157
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 197
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar