“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:31
ЎЗO‘Z

AQSh prezidenti Barak Obama Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

10 dek, 14:33 7 028 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh prezidenti Barak Obama Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi Mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb yozadi O‘zA.

Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Obamaning tabrigida shunday deyiladi:

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Muhtaram janob Prezident!

Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, ya’ni 25 yil avval boshlangan. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga doir siyosatimiz bugun ham davom etmoqda.

Sizning Prezident etib saylanishingiz O‘zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi. Sizning mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida e’tiboringizni qo‘llab-quvvatlayman. Shuningdek, Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman.

Hukumatingiz bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. O‘zaro umumiy manfaatlarimizni hisobga olib, mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, degan umiddaman.

Samimiyat bilan,
Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar