“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:22
ЎЗO‘Z

Hokimlar xalq tomonidan saylanishi mumkin

08 dek, 12:01 7 655 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hokimlar xalq tomonidan saylanishi mumkin Kelgusida O‘zbekistonda hokimlar halq tomonidan saylanishi mumkin. Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyev mazkur masalani muhokama qilish taklifini bildirdi. Bu haqda Gazeta.uz nashri yozmoqda.

«Kelgusida biz mahalliy hokimlarni bevosita xalq tomonidan saylash masalasi haqida ham o‘ylab, muhokama qilib ko‘rishimiz kerak», — dedi mamlakat rahbari Konstitusiya qabul qilinganini 24 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali yig‘ilishda so‘zga chiqar ekan.

Avval xabar qilganimizdek, mazkur yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 2017 yilni «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilishni taklif etdi.

«Har bir hudud o‘z rahbarini o‘zi saylasa, rahbarlarning xalq va jamiyat oldidagi mas’uliyatini keskin oshirishga erishish mumkin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ayni paytda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini Prezident tayinlab, lavozimidan ozod qiladi.

Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish zarurligini qayd etdi.

U 2017−2021 yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi.

Ushbu konsepsiyaga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini, vazifa va vakolatlarini optimallashtirish, ularning o‘ziga xos bo‘lmagan, takrorlanadigan funksiyalarini hamda xodimlar umumiy sonini qisqartirish, shuningdek, davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq tadbirlar amalga oshiriladi.

«Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi ijro apparati faoliyatini takomillashtirishga, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar samarali amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Ayni paytda, davlat xizmati institutini isloh etish, davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish bo‘yicha samarali tizim yaratiladi.

Ushbu masalalarning barchasi yaqinda ishlab chiqiladigan «Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonunda o‘z ifodasini topadi, deya qo‘shimcha qildi saylangan Prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar