“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 15:09
ЎЗO‘Z

Fidel Kastro va Alla Pugachyova munosabatlari haqida sobiq “KGB”chilar nima deydi?

04 dek, 17:02 9 849 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fidel Kastro va Alla Pugachyova munosabatlari haqida sobiq “KGB”chilar nima deydi? Kubaning kim uchundir diktator va yana kimlar uchundir najotkori, qahramoni bo‘lgan Fidel Kastro 90 yoshida vafot etdi. Nashrlar endi Kubaning yangi siyosati, AQSh bilan munosabati haqida tahminlarni keltirganda biz Fidel Kastroning biz uchun yaxshi tanish bo‘lgan Alla Pugachyova bilan munosabati haqida yozishni qaror qildik.

Fidel Kastro nafaqat siyosiy o‘yinlarda balki, ishqiy munosabatlarda ham mashhur bo‘lgan. Uni ko‘pgina mashhur ayollar va jumladan Merilin Manro bilan ham munosabati haqida mish-mishlar yuradi.

Alla Pugachyova bilan Fidelning tanishuvi o‘zgacha kechgandi. Primadonnaning “Uch kunlik baxtli onlar” qo‘shig‘i uning aynan Fidel Kastro bilan o‘tkazgan kunlariga bag‘ishlangan deyishadi. Bu haqida KGBning sobiq xodimlari Rossiyaning komsomol nashriga intervyu berdilar.

O‘sha vaqtlarda KGBning maxsus xizmati Sovet davlati yulduzlarining chet-eldagi tanishuvlarini nazorat qilar edi. 1981 yilda Pugachyova Kubadagi konsertidan so‘ng KGB xodimlari ko‘zidan g‘oyib bo‘ladi. Agentlar darhol Kuba xavfsizlik xizmati bilan bog‘lanadilar. Shunda ularga Fidel Kastroning yordamchilari «Allani uch kun izlamang, so‘ng u o‘zi topiladi»- deb aytadilar. Ma’lum bo‘lishicha Fidel Allani o‘zining rezidensiyalarining biriga taklif etgan ekan. Shundan keyin Rossiya maxsus xizmati xodimlari Alla bilan Kastro o‘rtasida xech qanday munosabat va axborot almashinuvi bo‘lmasligining chorasini ko‘radilar.

Muxlislar xonandaning “Uch kunlik baxtli onlar” qo‘shig‘i aynan shu romantik uch kunga bag‘ishlangan deb hisoblaydilar. Qo‘shiq taronasini Allaning o‘zi bastalagan bo‘lib, she’r muallifi Ilya Reznikka tegishli. Ammo, Reznik bu qo‘shiq Allaning fransuzcha muhabbatiga atalgan deb ta’kidlaydi. Chunki, o‘sha paytlarda Allaning fransiyalik boy muxlisi bilan munosabatlari bo‘lgan. Biroq, bu muhabbatga ham maxsus xavfsizlik xizmati aralashib, tanishuvning uzoqqa cho‘zilmasligini ta’minlagan. Bu ikki muhabbatning qay biriga qo‘shiqdagi otashin satrlar bag‘ishlanganligi Alla Borisovnaning o‘zigagina ayon.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 22
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 36
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 135
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 166
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 1
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 57
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 22
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Bo‘limlar