“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:33
ЎЗO‘Z

Obamani haqoratlagan Duterte Trampning olqishiga sazovor bo‘ldi

03 dek, 22:17 6 393 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Obamani haqoratlagan Duterte Trampning olqishiga sazovor bo‘ldi Filippin prezidentining giyohvand moddalarga qarshi kurash usuli dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralangan edi. AQShning yangi saylangan prezidenti esa Dutertening ushbu kampaniyasiga “oq yo‘l” tilagani xabar qilinmoqda.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Filippin orollarining prezidenti Rodrigo Duterte bilan telefon orqali bog‘langan va suhbat davomida mamlakatda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi kurash usullarini ma’qullagan, deb xabar qilmoqda Protoday.

Eslatib o‘tamiz, Filippin orollari rahbari Duterte joriy yilning 30 iyun kuni rasman prezident etib tayinlangach, mamlakatda og‘ufurushlarni yo‘q qilishga qaratilgan maxsus operasiya o‘tkazishga buyruq bergan.

U bu orqali orollarda giyohvand moddalar tarqatilishi muammosiga to‘liq chek qo‘yishga ahd qilgan. Aytish joizki, Filippin prezidentining giyohvand moddalar savdosiga qarshi bu kabi keskin kurash usuli dunyo hamjamiyati, shu jumladan AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan keskin qoralangan edi.

AQShning yangi saylangan prezidenti Tramp esa Dutertening ushbu kampaniyasiga “oq yo‘l” tiladi, deb yozgan nashr. Filippin hukumati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni Filippin rahbari va AQShning yangi saylangan prezidenti telefon orqali “o‘ta qiziq va jonli” suhbat qurishgan. Etti daqiqa davom etgan telefon qo‘ng‘irog‘i davomida, Tramp Duterteni 2017-yilda Oq Uyni ziyorat qilishga taklif etgan.

“Va u mening kampaniyamga omad tiladi”, — deya bayonot qilgan Duterte telefon suhbatidan so‘ng.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp mamlakatda og‘ufurushlikka qarshi qaratilgan kurash “o‘ta to‘g‘ri” olib borilmoqda, degan fikrni bildirgan. Duterte hokimiyat tepasiga kelgan kundan boshlab mamlakatda og‘ufurushlar o‘ldirilishi holati 200% ortgan.

Polisiya tomonidan tarqatilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, narkotik moddalar oldi-sotdisida gumon qilingan 3 ming kishi shu vaqt oralig‘ida sud va tergovsiz o‘ldirib yuborilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar