“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 15:51
ЎЗO‘Z

Rossiyalik jurnalistlar saylovni yoritish uchun O‘zbekistonga etib keldi

29 noya, 21:52 7 280 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik jurnalistlar saylovni yoritish uchun O‘zbekistonga etib keldi Ayni damda butun dunyoning tajribali siyosatchilari, jurnalistlari nigohi O‘zbekistonga qaratilgan. Joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovini kuzatish uchun ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan delegasiyalar, dunyoning ko‘zga ko‘ringan OAVlari xodimlari tashrif buyurmoqda.

28 noyabr kuni saylovni yoritish bo‘yicha Rossiyaning etakchi ommaviy axborot vositallari xodimlari O‘zbekistonga etib keldi. Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov saylovni yoritish uchun mamlakatimizga kelgan OAV vakillari bilan uchrashdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi jurnalistlarni saylov komissiyalari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Saylovning ochiqligi va oshkoraligini, jurnalistlarning saylov kampaniyasiga taalluqli axborotlardan keng foydalanishini ta’minlash maqsadida Prezident saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan bugungi kunga qadar saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag‘ishlangan yuzga yaqin matbuot anjumani va brifing o‘tkazildi. Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 1 ming 306 nafar vakili akkreditasiyadan o‘tkazildi.

Saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan boshlab shu kunga qadar mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalarida 15 ming 845 ta material e’lon qilindi.

Tadbirda Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 35
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 52
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 62
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 0
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 0
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 0
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 1
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 130
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Bo‘limlar