“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:48
ЎЗO‘Z

Dubayda o‘zbekistonlik sud qilinmoqda

26 noya, 08:21 7 539 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dubayda o‘zbekistonlik sud qilinmoqda Dubay jinoyat ishlari sudida hech qayerda ishlamaydigan, Dubayda noqonuniy yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi ishi ko‘rilmoqda. O‘zbekistonlik Hindiston fuqarosini pichoq qo‘llagan holda tunashda va shuningdek chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblanmoqda, deyiladi Kun nashrida.

2015 yil 12 mayda Dubayning Al Qusays tumanidagi kompaniyalardan birining boshqaruvchisi o‘z xodimi bo‘lgan hindistonlikdan valyuta ayirboshlash punktida 200 ming dirham pulni (55 ming dollar) ayirboshlab kelishini iltimos qilgan. Hind bu pullarni olib, tushlik vaqtida o‘zi yashaydigan Naif tumani yaqinidagi ayirboshlash punktiga yo‘l olgan. Ayirboshlash punkti yopiq bo‘lgani sababli erkak pullarni dam olish vaqtidan keyin ayirboshlashga qaror qilgan va uyiga yo‘l olgan. U uyi joylashgan binoning liftiga kirganda o‘zbekistonlik uning ortidan liftga kirgan. Hind 3-qavat tugmasini, o‘zbekistonlik esa 2-qavat tugmasini bosgan. Biroq o‘zbekistonlik lift 2-qavatda to‘xtaganda liftdan tushmagan. Lift 3-qavatda to‘xtaganda jinoyatchi liftdan chiqayotgan hind qo‘lidan sumkasini tortib olmoqchi bo‘lgan, biroq hind qarshilik ko‘rsatgan.

Shunda jinoyatchi yonidan pichoq olib, hindning qorniga musht tushirgan va so‘ngra pichoq bilan uning qo‘l panjalariga zarbalar bergan hamda yuziga musht tushirgan. Shundan keyin u hindning qo‘lidan sumkasini yulib olib, zinadan pastga otilgan. Qonga belangan hind uning ortidan borgan, biroq binodan chiqaverishda hushini yo‘qotgan.

Polisiya jinoyatchini kuzatuv videokameralari yozuvlari hamda u liftda qoldirgan barmoq izlari orqali qo‘lga olgan. Hind jinoyatchi shaxsini aniqlash vaqtida o‘zbekistonlikka ishora qilgan. O‘zbekiston fuqarosi o‘z qilmishini va o‘z qurbonlarini ayirboshlash punktlari yonida poylab yurganini tan olgan. U shuningdek pichoqni voqea joyi yaqinidagi chiqindi idishiga tashlab ketganini aytgan. U jinoyatni moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani sababli sodir etgani hamda pullarni O‘zbekistonga jo‘natib yuborganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, sud ushbu ishni 28 noyabrda davom ettiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 55
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 83
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 131
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar