“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:42
ЎЗO‘Z

Lola Karimova-Tillyaeva kelajakdagi rejalari haqida aytib o‘tdi

25 noya, 23:10 9 203 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lola Karimova-Tillyaeva kelajakdagi rejalari haqida aytib o‘tdi “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi o‘z faoliyatini boshlaganiga 14 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan jamg‘arma raisi Lola Karimova-Tillyaeva Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xayriya tashkilotining 14 yil davomida erishgan yutuqlari borasida o‘z fikrlarini bayon qildi, deya xabar bermoqda Sof.uz sayti.

Lolaning aytishicha, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya tashkiloti faoliyati davomida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirgan.

Xususan, shu kunga qadar “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda 15000 dan ortiq bolajonlarning davolanishida ko‘makdosh bo‘lgan.

Shuningdek, jamg‘arma Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazidagi imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun aravachalar, turli protez va eshitish apparatlarini xarid qilishda o‘z hissasini qo‘shgan

Xayriya jamg‘armasi tomonidan qurib bitkazilgan va qayta ta’mirlangan Mehribonlik uylarida xalqaro standartlar asosida jihozlangan tibbiy bloklar tashkil etilib, ularda bolalarga yuqori malakali tibbiy xodimlar tomonidan profilaktik va terapevtik yordam ko‘rsatiladi.

“Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi amalga oshirgan ezgu ishlarni aytib o‘tishi barobarida Lola Karimova-Tillyaeva quyidagi fikrlarni ham bildirdi:

“Jamoamiz o‘zining fidokorona va jonkuyar mehnati ila qiyin ahvolda qolgan ko‘plab bolalarning hayotini yaxshilashda salmoqli natijalarga erishgani bilan faxrlanaman.

Bizning kelajakdagi rejalarimiz bisyor. O‘zbekistondagi ota-ona mehridan bebahra qolgan va imkoniyati cheklangan har bir bola yolg‘iz emasligini, biz uning kamol topishi va baxtu-saodati yo‘lida qo‘limizdan kelgancha harakat qilishimizni bilishini astoydil istayman”, deb yozadi Lola Karimova-Tillyaeva.

Ma’lumot o‘rnida, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya tashkilotiga 2002 yilda asos solingan bo‘lib, uning asosiy vazifasi boquvchisini yo‘qotgan va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam berishdir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 252
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 110
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar