“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:02
ЎЗO‘Z

Xorijiy valyutada savdo qilgan sotuvchiga qonuniy chora ko‘rildi

09 noya, 17:01 8 246 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorijiy valyutada savdo qilgan sotuvchiga qonuniy chora ko‘rildi Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida soliq idoralariga 6 ming 192 murojaat kelib tushgan bo‘lsa, uning 6 mingdan ortig‘i davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan. 190 tasida keltirilgan masalalar davlat soliq xizmati organlari vakolatiga kirmasligi sababli tegishliligi bo‘yicha boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Toshkent shahrida yashovchi Muborak Madrahimova Olmazor tumanida joylashgan “Muslima Fayz baraka” savdo majmuasidan santexnika mahsulotlari sotib olmoqchi bo‘lganida unga do‘kon xodimi plastik kartochka orqali savdo qilmasligini bildirgan. Fuqaro bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi “ishonch telefoni”ga murojaat qilgan. Uning murojaati bozorda faoliyat olib boruvchi soliq inspektorlari ko‘magida joyida hal etilib, M.Madrahimovaga zarur mahsulotlar haqi terminal orqali qabul qilingan.

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi “ishonch telefoni”ga “Nargiza” xususiy korxonasiga qarashli xususiy do‘konda xaridorlarga amalga oshirgan savdosi uchun xarid cheki berilmayotgani bayon qilingan. Mazkur holat yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish davomida do‘kon sotuvchisi noqonuniy ravishda 100 AQSh dollari miqdorida xorijiy valyutada savdo qilganligi, savdodan tushgan naqd pullar nazorat kassa mashinasidan o‘tkazilmaganligi, bundan tashqari hech qanday hujjatsiz 700 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha xususiy korxonaga tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilgan.

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasiga Jondor tumandagi Po‘latli qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yashirin ravishda dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur murojaat yuzasidan davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida o‘z uyida aholiga noqonuniy dori-darmonlar sotayotgan fuqaro aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy dorixonadan 168 turdagi dori-darmon mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar