“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:18
ЎЗO‘Z

Adidas rahbari Reebok brendini qayta tiklashni maqsad qildi

07 noya, 23:50 7 333 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adidas rahbari Reebok brendini qayta tiklashni maqsad qildi Dunyodagi eng yirik sport kiyimi ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblangan Adidas Group'ning ikkinchi yarim yillik hisobotida Reebok brendini qayta tiklash ishlari tufayli 30 million evrolik (33,4 million dollar) xarajat qayd etiladi. Adidas bosh direktori Kasper Rorshtedning so‘zlariga ko‘ra, bu chora sekin rivojlanayotgan brenddan voz kechmaslik va uni Adidas'dan yanada mustaqil taraqqiy ettirish imkonini paydo qiladi. Bu haqida Kun.uz sayti yozmoqda.

Rorshted Henkel'dagi 8 yillik faoliyatidan so‘ng, 2016 yilning oktyabridan Adidas Group boshqaruvini qo‘lga oldi. Investorlar uning nemis sport kiyimi ishlab chiqaruvchisi boshqaruvidagi birinchi strategik qadamlarini sabrsizlik bilan kutishgan edi.

Adidas Group Reebok brendini 2005 yilda qo‘lga kiritgan. Uzoq vaqt davomida bu marka sotuvlari pasayib ketdi va kompaniya muntazam ravishda uning rivojlanishi uchun investisiya kiritishiga to‘g‘ri keldi. Oxirgi 14 chorak davomida Reebok sotuvlari o‘sdi, albatta, biroq bu o‘sish Adidas brendi va raqiblarning o‘sishiga nisbatan ancha sekin ekanligi ta’kidlandi. Masalan, uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yilda Shimoliy Amerikada Reebok brendining sotuvlari umuman o‘smagan. "Reebok'ga ikki karra ko‘p kuch sarflaydigan vaqt keldi", - deya ta’kidladi Rorshted.

"Brendni qayta tiklashdan maqsad - sotuvlar o‘sishini tezlashtirish va daromadni oshirish, - dedi rahbar. - Reebok - jamoamizning muhim a’zosi. Biroq muvaffaqiyatga sportdagi kabi jamoa a’zolarining har biri o‘z hissasini qo‘shish kerak. Biz Reebok'dan shuni kutmoqdamiz", - dedi u.

Buning uchun Adidas Group faqatgina Reebok brendi bilan shug‘ullanuvchi maxsus jamoa tuzadi. Kompaniya AQShdagi Reebok do‘konlari sonini ikki barobarga kamaytirmoqchi hamda Reebok FitHub'ning ba’zi do‘konlarini yopmoqchi. 2016 yil oxiriga borib, Reebok brendining 20ta do‘koni hamda Reebok FitHub'ning deyarli yarmi yopiladi. Kompaniya buning o‘rniga Reebok'ning ulgurji sotuvlariga urg‘u beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar