“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 20:04
ЎЗO‘Z

Amerikada davolanayotgan Abdulla Oripovning sog‘lig‘i yomonlashdi

05 noya, 17:20 9 565 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikada davolanayotgan Abdulla Oripovning sog‘lig‘i yomonlashdi Shu yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov betobligi sabab davolanish uchun AQShga jo‘nab ketgani haqida xabar qilgan edik.

O‘shanda, OAVga bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoil ma’lum qilgan edi. 5 noyabr kuni Muhammad Ismoil o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Abdulla Oripovning ahvoli og‘irlashgani haqida ma’lum qildi.

Xususan, Instagram’dagi sahifasida “O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning Amerikada sog‘lig‘i og‘irlashdi...” deya xabar qoldirgan bo‘lsa, Facebook orqali barchani xalq shoiriga salomatlik so‘rab duo qilishga chaqirdi: “Assalomu alaykum, ahli jamoa! Assalomu alaykum, hurmatli yaxshilar! O‘zbek elining asl farzandi, mustaqil davlatimiz madhiyasining muallifi, zamonamizning Navoiysi, O‘zbekiston xalq shoiri, Davlat mukofotlari sovrindori, millatimizning faxri-iftixori, millatimiz ma’naviyatining eng katta ustuni, buyuk shoirimiz Abdulla Oripov mana bir necha o‘n kundan buyon bizdan minglab chaqirim olisda davolanmoqdalar.

Kelinglar, ulug‘ ustozimizni duo qilaylik. Hammamizning jonimiz omonat. Hammamizning bir nafasda yonib o‘chguvchi holimiz bor. Bugun bormiz, ertaga bormizmi, yo‘qmizmi, yolg‘izgina Yaratgan parvardigorimizga ayon.

Bu hol, ayniqsa, xasta va zaif, bemor chog‘larimizda yaqqol bilinadi. Kelinglar, bugun mana shunday bemor bo‘lgan buyuk ustozimizni, o‘z she’rlari bilan yuragimizda bir umr mash’al yoqib kelgan, ongimizda inqilob tuyg‘usini uyg‘otgan, o‘zbekday buyuk xalq kim ekanini tanitgan, millat degan qutlug‘ kalom nima ekanligini anglatgan alloma shoirimizni duo qilaylik”, deb yozadi Muhammad Ismoil.

“Birgina so‘z bilan bo‘lsa ham ulug‘ ustozimizni duo qilishingizni o‘tinib, yolvorib so‘rayman.”, deb qo‘shimcha qiladi u. Shuningdek, bir necha soat avval, Abdulla Oripovning qizi Yulduz Oripova ham o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali otasiga salomatlik tilab, shunday yozadi: “Otajonim. Bog‘im meni, tog‘im meni. Dardim, hasratim. Osmonim, erim. Meni dunyoim. Kalbim, yuragim meni.

Siz, albatta, shifo topasiz....” Ma’lumot uchun, shoir o‘tgan yili ham AQShda davolanib qaytgan edi. Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning so‘g‘ayib ketishini tilab qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 7
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 77
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 7
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 7
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 127
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 72
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 297
  • Bo‘limlar