“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:26
ЎЗO‘Z

Endi ajrashgan er-xotinlarning ism-familiyasi televidenie va gazeta orqali e’lon qilinadi

20 okt, 08:59 9 515 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi ajrashgan er-xotinlarning ism-familiyasi televidenie va gazeta orqali e’lon qilinadi Toshkent shahar hokimiyati tomonidan oilaviy ajrimlar masalasiga bag‘ishlangan katta yig‘ilish o‘tkazilgani, unda Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jaev, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qurbonov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Habibullo To‘raxo‘jaev, Toshkent shahar prokurori Botir Qudratxo‘jaev, qolaversa, Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning maslahatchilari ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur yig‘ilish so‘nggida Toshkent shahar hokimi yangi qaror ustida ish boshlab yuborilgani, unga ko‘ra, Toshkent shahrida ajrashgan har bir oila haqida ma’lumotlar – oila vakillarining ism-familiyasi bundan buyon “Toshkent” telekanali va “Toshkent oqshomi” gezetasida berib borilishi haqida ma’lum qildi. Shahar hokimi bu ishga jiddiy kirishar ekan, ajrashayotgan oilalar haqidagi ma’lumotlarning televidenie orqali tarqatilishi, ajrimlarning kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etdi.

“Ajrashayotgan er-xotinlarning ism-familiyalarini hozircha har 15 kunda soat 23:00da efirga uzatiladigan dasturda, o‘zgarish bo‘lmasa, soat 21:00da e’lon qilamiz. Agar yaqqol natija sezilmasa, ajrashayotgan oila a’zolarining suratini efirga uzatamiz. Bu bilan biz hech kimning haq-huquqlarini toptamaymiz, aksincha, ochiq ma’lumotlarni ommaga taqdim etamiz”, deydi Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov.

Hokimning ma’lum qilishicha, oilaviy ajrimlarga sababchi bo‘layotganlar, xususan, qaynota-qaynonalar, kelinlarni ommaviy muhokamaga olib chiqib, ular ishtirokida teleko‘rsatuvlar tayyorlanadi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 87
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 34
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar