“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 23:11
ЎЗO‘Z

Buxoroda soxta jurnalist o‘zining sukuti uchun kollej direktorlaridan pora oldi

04 dek, 00:23 8 098 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda soxta jurnalist o‘zining sukuti uchun kollej direktorlaridan pora oldi Buxoroda o‘zini mahalliy gazetalardan birining muxbiri sifatida tanishtirgan soxta jurnalist yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida sukut saqlashi uchun kollej direktorlaridan pora oldi. Bu haqda «UZ24»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi 2014 yil iyunida Kogon maishiy xizmat kollejiga kelib, o‘zini "Media-plyus" gazetasining viloyat muxbirlari muvofiqlashtiruvchisi sifatida tanishtirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u go‘yo shu gazeta muxbiri bilan birga ushbu kollejga «Sog‘lom bola yili» davlat dasturining bajarilishi to‘g‘risida maqola tayyorlash uchun bosh muharrir ko‘rsatmasi bilan kelgan.

Kollej kutubxonasini ko‘zdan kechirgan «jurnalistlar» ichiga o‘quvchilar tomonidan suratlar chizilgan kitoblarni topishgan. Yordamchisini jo‘natib, jinoyatchi direktorga bosim o‘tkazishni boshlagan, direktor davlat dasturiga rioya qilmayotganini, bu haqda tegishli joylarga xabar qilishini aytgan.

Qo‘rqib ketgan direktor soxta jurnalist bilan kelishishga harakat qilgan va unga 50 dollar va 100 ming so‘m ko‘rinishida pora taklif qilgan. Soxta jurnalist va tekshiruvchi bu taklifga rozi bo‘lgan.

Ular shu yo‘l bilan Kogon maktabgacha ta’lim va servis kolleji rahbariyatidan 100 dollar va 300 ming so‘m olishga harakat qilishganida, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ushbu qilmishi uchun soxta jurnalist 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Foto: anhor.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 122
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 65
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 86
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 238
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 87
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 0
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 0
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 0
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 0
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 5
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 28
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 32
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 95
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 78
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 138
  • A Seriya. Shomurodovning jamoasi “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 19 мая, 18:28 139
  • Bo‘limlar