“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:03
ЎЗO‘Z

Parijdagi “IFTM Top Resa – 2016” ko‘rgazmasi ishtirokchilari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirishmoqda

21 sen, 09:10 6 544 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Parijdagi “IFTM Top Resa – 2016” ko‘rgazmasi ishtirokchilari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirishmoqda 20 sentyabr kuni Parij shahrida “IFTM Top Resa – 2016” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati keng namoyish etilmoqda. "Kun" nashri bu haqida xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida turizm sohasini rivojlantirishga doir amalga oshirilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda ichki va xalqaro turizm tobora kengayib, sayyohlik olamining yangi yo‘nalishlari kashf etildi. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, o‘zbekona mehmondo‘stlik, zamonaviy turizm infratuzilmasi hamda dam olish maskanlarida yo‘lga qo‘yilgan yuksak sifatli xizmatlar sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

“IFTM Top Resa” - dunyodagi eng yirik va nufuzli xalqaro ko‘rgazmalardan biri. Joriy yilda ushbu ko‘rgazmada AQSh, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Braziliya, Rossiya, Belarus, Vetnam, Hindiston, Isroil, Eron va boshqa mamlakatlardan 1500dan ziyod sayyohlik firma va kompaniyalari o‘z xizmatlarini taklif etmoqda. Ko‘rgazma sayyohlik sanoatining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida jamlagan.

Fransiya poytaxtidagi “Porte de Versailles” ko‘rgazmalar zalida o‘tkazilayotgan nufuzli turizm forumidan joy olgan “O‘zbekiston” milliy stendi o‘ziga xos ko‘rkam dizayni, bezaklari va mazmunan boyligi bilan ishtirokchilar e’tiborini tortmoqda. Unda mamlakatimiz tarixiy obidalari, xalqimizning milliy an’ana va qadriyatlari aks ettirilgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Toshkent shaharlarining diqqatga sazovor joylariga oid rang-barang ma’lumotlar, xalq hunarmandchiligi buyumlari yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mazkur xalqaro ko‘rgazma jahon hamjamiyatini mamlakatimiz sayyohlik sanoati imkoniyatlari bilan keng tanishtirish, xorijning sayyohlik kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ikki va ko‘p tomonlama manfaatli shartnomalar tuzish, sayyohlik biznes rivojining tendensiyalarini aniqlash, jahon sayyohlik bozoridagi yangiliklar va o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishish hamda bu borada o‘zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati mavzusida taqdimot o‘tkazilgan. Tadbirda ikki mamlakat turistik tashkilotlari o‘rtasida bitimlar imzolangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar