“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:33
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrining sobiq hokimi Jizzax shahriga rahbar bo‘ldi

16 sen, 20:52 11 996 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrining sobiq hokimi Jizzax shahriga rahbar bo‘ldi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentyabrda joylarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Hukumat rahbari Mirziyoyev Jizzax viloyatiga safari chog‘ida Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, va Do‘stlik tumanlariga borgan. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati faollari bilan uchrashib, sanoatni rivojlantirish, paxta hosilini yig‘ib olish va yig‘im-terim mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish masalalarini muhokama qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev, Jizzax shahri xalq deputatlari sessiyasida ishtirok etgan. Unda, tashkiliy masala ko‘rilgan. O‘z vazifasini bajarishda nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun shahar hokimi Asror Qobilov o‘z vazifasidan ozod etilgan.

Jizzax shahri xalq deputatlari Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan, avvalroq Toshkent shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Abduqahhor To‘xtaevni Jizzax shahar hokimi vazifasiga tasdiqlashgan.

Shu kuni boshqa tashkiliy masalalar ham ko‘rilgan. Xususan, mehnat faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois, Jizzax viloyati prokurori Shuhrat Akbarov hamda qator tuman hokimlari lavozimidan ozod etilgan.

Jizzax viloyati rahbariyati oldiga mavjud kamchiliklarga barham berish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqboldagi dolzarb vazifalar aniqlab olingan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar