“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:04
ЎЗO‘Z

Xillari Klinton ahvoli yomonlashgani sababli hushidan ketdi

13 sen, 12:54 6 227 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xillari Klinton ahvoli yomonlashgani sababli hushidan ketdi AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda ahvoli yomonlashdi. Internet tarmoqlarda Klinton qo‘riqchilari va maslahatchilari yordamida mashinaga o‘tkazilayotgan vaqtda yiqilgani aks etgan videolar tarqaldi. Shundan so‘ng nomzodning shtabi 68 yoshli Klintonga juma kuni pnevmoniya tashxisi qo‘yilganligi va unga antibiotik buyurilganligini ma’lum qildi. Avvalroq Klinton yo‘tal hurujidan qiynalayotgan bo‘lib, mazkur yo‘tallarni allergiya deb izohlayotgandi. Ushbu xabarlar Klintonning yomon ahvoli haqida mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘ldi, deya xabar beradi "Darakchi" nashri.

“O‘zimni ancha yaxshi his qilyapman”, — dedi studiya bilan aloqaga chiqqan Klinton.

Klinton pnevmoniya tashhisi qo‘yilganligini ma’lum qilmaganligining sababi ahvoli yakshanba kungacha yaxshi bo‘lgani bilan izohladi. U shuningdek shifokor tavsiyalariga amal qilmaganligini ham tan oldi. “Shifokorning tavsiyasini rad etganimga sabab men saylovoldi kampaniyasidan oldin ta’tilga chiqish niyati yo‘q bo‘lganida”, — deydi Klinton.

Yakshanba kuni hushidan ketganligining sababini esa Klinton issiq o‘tib ketgani bilan izohladi. “Men juda qizib ketdim va tadbirdan ketishim kerak degan qarorga keldim”, — deydi u. Klintonning so‘zlariga ko‘ra, kondisionerli mikroavtobusga chiqqach suv ichib, u o‘zini ancha yaxshi his qilgan.

Klinton seshanba kuni Kaliforniyaga safarini bekor qildi. Shifokorlar uning qachon saylovoldi faoliyatiga qaytishi mumkinligi haqida hech narsa deyishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti saylovi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar