“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:22
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Prezidentligiga saylovni yorituvchi jurnalistlarni akkreditasiyadan o‘tkazish boshlandi

10 sen, 03:12 7 991 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Prezidentligiga saylovni yorituvchi jurnalistlarni akkreditasiyadan o‘tkazish boshlandi 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tgani, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 96, 117-moddalari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq 2016 yil 4 dekabr, yakshanba kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 9 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha mamlakatimiz va chet el jurnalistlarini akkreditasiyadan o‘tkazishga ham start berilganini ma’lum qildi.

Jurnalistlar akkreditasiyadan o‘tishi uchun joriy yilning 1 dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov nomiga OAV tashkilotining rasmiy blankasida jurnalistni akkreditasiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;

akkreditasiyadan o‘tadigan jurnalistning o‘lchami 3,5x4,5 sm bo‘lgan ikki dona fotosurati;

OAV tashkilotining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, elektron OAV uchun – efirga uzatish lisenziyasining nusxasi, xorijiy jurnalistlar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditasiyadan o‘tganligi haqidagi hujjatning nusxasi.

Ko‘rsatilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lmagan yoki jurnalistning ularga ilova qilinmagan fotosuratlarisiz ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 237
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 192
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 254
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar