“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:03
ЎЗO‘Z

Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining keyingi bosqichlarini muhokama qilishdi

07 sen, 14:32 14 536 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining keyingi bosqichlarini muhokama qilishdi Kecha, 6 sentyabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Samarqandga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan joy – Hazrati Xizr qabristonida bo‘lib, marhum qabriga guldasta qo‘ydi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida mehmon bo‘lgan Vladimir Putin Islom Karimovning oila a’zolari – turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova hamda qizi Lola Karimova-Tillyaeva bilan uchrashdi.


Shuningdek, Forumlar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma asosida izchil rivojlanib bormoqda.

O‘zaro hamkorlik keng ko‘lamli va samarali bo‘lib, hukumatlararo va idoralararo aloqalar oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga xalqimizning ardoqli farzandi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tashrif Vladimir Putinning Islom Karimovga, O‘zbekiston xalqiga yuksak hurmatidan dalolat berishini qayd etdi. O‘zbekiston Islom Karimov va Vladimir Putin asos solgan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini davom ettirishi va yanada mustahkamlashini alohida ta’kidladi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston uchun, o‘z xalqining farovonligi uchun ulkan ishlar qilgani, eng murakkab paytlarda ham tinchlik va barqarorlikni ta’minlagani, bu mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilganini alohida ta’kidladi. Rossiya davlatlarimizning o‘zaro hamkorligini davom ettirish va rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar