Toshkentda erkin va ochiq dasturiy ta’minotni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Koreya Respublikasi axborot texnologiyalari sanoatini rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA), Koreya Savdo va Investisiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi (KOTRA), «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi INHA universiteti erkin va ochiq dasturiy ta’minot (EODT)ni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Toshkent shahridagi INHA universiteti matbuot xizmati xabar qildi.
Hujjat «NIPA» Prezidenti Yun DjongLok, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi direktori Sherzod Habibullaev, TATU rektori O‘tkir Hamdamov va IUT rektori Sherzod Shermatov tomonidan imzolandi. Mazkur memorandum erkin va ochiq dasturiy ta’minot masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston-Koreya forumidagi davra suhbati natijalariga ko‘ra imzolandi.
Memorandum EODTdan foydalanishni va o‘qitishni rag‘batlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asoslarini yaratib, mazkur yo‘nalishda muhandislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Tomonlar elektron hukumat tizimida EODTni joriy etish hamda turli treninglarni tashkillashtirish orqali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.