“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

Olma-otalik ayol farzandini dunyoga keltirib, hojatxonaga tashlab ketdi

09 iyul, 00:44 10 630 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olma-otalik ayol farzandini dunyoga keltirib, hojatxonaga tashlab ketdi 7 iyul kuni Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida tug‘ilganiga bir necha daqiqa bo‘lgan farzandini hojatxonaga tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Polisiya tomonidan qo‘lga olingan ayol aybini tan oldi va ko‘rsatma berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol qizaloqni hojatxonada dunyoga keltirgan. Go‘dak hojatxona teshigidan pastga tushib ketganiga amin bo‘lgach, ayol yuvinib, taranib, xuddi hech narsa bo‘lmagandek yotib uxlagan.

Kecha onasi topilgan go‘dakning dunyoga kelganiga bugun bir necha kun bo‘ldi. Aksha qishlog‘ida istiqomat qiladigan keksa ayolning aytishicha, xovlining orqa tomonidan chirqirib yig‘lagan go‘dak ovozi eshitilgan. Hojatxona ichiga kirgan ayol chuqurda yig‘lab yotgan bolani ko‘rib, qo‘rqib ketgan va yordamga o‘g‘lini chaqirgan. Birgalikda ular vaqtinchalik qurilgan hojatxonadagi oyoq osti to‘shalgan taxtalarni olib tashlashgan va chuqur ichidan bolani chiqarib olishgan. G‘aroyib “topilma” haqida tez yordam va polisiyaga mahalliy aholi vakillari xabar berishgan. Go‘dak o‘sha zahotiyoq shifoxonaga etkazilgan. Shifokorlar qizaloqning miyasi chayqalgani, tanasining bir necha qismi ko‘karganini qayd etishgan. Hozir uning ahvoli yaxshi.

Kecha, o‘z jigarbandini o‘lim bilan yuzma-yuz tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi. Qorasaroy tumanida istiqomat qiluvchi 22 yoshli qiz, Aksha qishlog‘iga buvisinikiga farzandini dunyoga keltirish uchun atay kelganini, oila a’zolaridan hech kim bu haqda xabar topishini istamaganini aytgan. To‘lg‘oq boshlangach, ayol hojatxona tomon yo‘l olgan va bola tug‘ilib, hojatxona chuquriga tushib ketganiga amin bo‘lgach, hech narsa bo‘lmagandek yuvinib pinakka ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol turmushga chiqmagan va farzandi nikohsiz tug‘ilayotganini oila a’zolari bilishini istamagan. Tabiiyki, uning homiladorligi haqida buvisi ham bilmagan. U yaqinda farzandli bo‘lishini barchadan yashirishga urunib shunday yo‘l tutgan. Endi esa uni jinoiy javobgarlik kutmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar