“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 05:48
ЎЗO‘Z

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi

05 iyul, 17:13 10 219 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida" O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i e’lon qilindi,

Buyruqda qayd etilishicha, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining 2012 yil 20 maydagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotdi.

Yangi yo‘riqnomaga asosan, fuqarolarni turgan joyi bo‘yicha hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi migrasiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtinchalik bo‘lishi faktini aniqlashni nazarda tutadi.

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan 5 kundan 6 oygacha muddatga amalga oshiriladi. Bu mazkur hududlarda turar joy sotib olish, shuningdek, doimiy ishga va ijtimoiy kafolatlarga ega bo‘lish uchun asos hisoblanmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga kelgan fuqarolar hisobga olinmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab 5 kun mobaynida o‘zi vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining xorijga chiqish, kelish va fuqarolarni rasmiylashtirish bo‘limiga ariza, pasport, kontrakt bo‘yicha arbiy xizmatchining yoki O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ofiserining shaxsiy guvohnomasi, 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun - tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va 35x45 mm o‘lchamli 2 ta fotosurat, uy-joy mulkdorlarining turar joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi, turar joy uchun hujjatlarning nusxalari va boshka hujjatlarni topshiradi.

Hujjatlar to‘liq taqdim etilgach, fuqaroga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i beriladi.

Qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Ariza beruvchining pasportiga yoki uy daftariga hisobga olish to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobga olingan fuqaro hisobga olingan joyida yashashi kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 83
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 162
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 60
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 93
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 83
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • Bo‘limlar