“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:33
ЎЗO‘Z

“O‘zbekiston”, “Toshkent”, “Yoshlar” telekanalida Ahmadboy haqida yangi ko‘rsatuv namoyish etiladi

29 iyun, 20:00 13 301 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“O‘zbekiston”, “Toshkent”, “Yoshlar” telekanalida Ahmadboy haqida yangi ko‘rsatuv namoyish etiladi Avvalroq, Toshkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan Chinoz tumani “O‘zbekiston” qishloq fuqarolar yig‘ini Navoiy ko‘chasi 85-uyda yashovchi fuqaro Tursunboyev Ahmadjon Hamidovich hibsga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, Tursunboyev bir necha yillar davomida yiliga kamida 100 foizlik dividend to‘lash, ya’ni ikki barobar qilib qaytarishni va’da qilib, juda katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan. Bundan tashqari, “tadbirkor” yiliga 40 foizlik ustama to‘lash sharti bilan aholiga qarz berib kelgan. Bu haqda 16 iyun kuni “Toshkent” teleradiokanali orqali maxsus ko‘rsatuv ham namoyish etilgan edi, deb yozadi "Qalampir" nashri.

Dastur efir yuzini ko‘rgach, Ahmadboyni tanigan ham tanidi, tanimagan ham... O‘zbekiston milliy teleradiokanalidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, ertaga, 30 iyun kuni “O‘zbekiston”, “Toshkent”, “Yoshlar” teleradiokanallarida Ahmad Tursunboyevning noqonuniy faoliyati, u tashkil etgan “moliyaviy piramidi” va uning ortidagi kirdikorlar haqida “Ahmad vasvasasi” nomli ko‘rsatuv efirga uzatiladi. Aytilishicha, ko‘rsatuvdan Ahmad Tursunboyevni so‘roq qilish jarayoni ham o‘rin olgan.

Dastur “O‘zbekiston” teleradiokanalida soat 18:00da, “Toshkent” teleradiokanalida soat 19:15da, “Yoshlar” teleradiokanalida esa soat 20:20da namoyish etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar