“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:10
ЎЗO‘Z

Nargiz Zokirova: "Filipp meni va o‘g‘limni o‘ldirishini aytib tahdid qildi!"

05 iyun, 20:29 8 898 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nargiz Zokirova: "Filipp meni va o‘g‘limni o‘ldirishini aytib tahdid qildi!" Nargiz Zokirova Rossiyadagi nashrlardan biriga intervyu berib, unda turmush o‘rtog‘i - italiyalik qo‘shiqchi Filipp Balzano tomonidan yog‘ilayotgan tahdidlar haqida ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Xonanda Nargiz Zokirovaning ajrashish jarayoni haqiqiy dramaga aylanib ketdi. Qachonlardir bir-birini sevgan juftlik endi moliyaviy masalalar tufayli kelisha olmaganini omma oldida namoyish qilmoqda.

Gazeta muxbirining ajrashish sabablari haqidagi savoliga Nargiz quyidagicha javob berdi:
"Bir yil davomida erimning bosimi ostida yashab kelayapman. Bu men uchun yoqimsiz bo‘lgan pul mavzusiga kelib taqaladi. Negadir u meni "erdan pul qazib oladi" va millionlab pul ishlaydi deb o‘ylaydi. Eng qizig‘i, men topgan barcha pullarimni unga berishga majburdekman", -dedi u.

Shuningdek, qo‘shiqchi turmush o‘rtog‘ining og‘ir tabiati tufayli Amerikada doimiy ish topishi qiyin bo‘lgani bois Filippga uyda o‘tirib farzandlar bilan shug‘ullanishni, o‘zi esa Rossiyada ishlab, unga pul yuborishga kelishib olganligini bildirdi.

"Men topgan pulimni Nyu-Yorkka - erim va farzandlarimni ta’minlashga yuborib turdim, biroq bu unga kamlik qildi. U katta qarzga tushib qolganini aytgan paytda ham to‘lashga majbur bo‘ldim", - deya qo‘shimcha qiladi xonanda.

Nargiz turmush o‘rtog‘i uni va oila a’zolarini o‘ldirishini aytib tahdid qilganini aytdi. U bu vaziyatda polisiya chaqirishdan boshqa chorasi qolmagan.

Muxbirning "Birga yashagan yillar davomida Filipp sizga va bolalarga hech qo‘l ko‘targanmi?" degan savoliga Nargiz hech qachon bunday holat bo‘lmagani, ammo ruhiy bosim kuchli bo‘lganini ta’kidlagan. Shuningdek, uning boshqa turmushidan bo‘lgan o‘g‘liga Filippning munosabati yaxshi bo‘lmaganini bildirgan.

Xonanda erining unga yozgan tahdidiy xabarlarini "skrinshot" qilib, gazeta xodimlariga taqdim etgan. Mana ulardan biri:
"O‘zingni qudratli deb o‘ylayapsanmi? Shoshilma va tomosha qil! Sen hech narsa emassan. Men seni kashf qilgunimga qadar sen hech kim bo‘lgansan. Men seni sindiraman! Yaxshisi, hoziroq taslim bo‘l. Flesh-kartalar haqida unutma..."

Bu Filipp yuborgan tahdidlarning bir qismigina, xolos. Boshqa xabarlarda eri uni Rossiya tok-shoulari orqali sharmanda qilishini, ular bilan kelishib ham olganini bildirgan. "Sen meni parchaladingmi, endi men seni barbod qilaman. Bilib qo‘yishsin sening qanday yolg‘onchi va ikkiyuzlamachi ayolligingni! Agar men bo‘lmaganimda, sen rok haqida tasavvurga ham ega bo‘lmas eding. Uxlama, qo‘rquvda yasha! Sen mening nimalarga qodirligimni xayolingga ham keltira olmaysan! Mening xabarlarimni ommaga namoyish qilishda davom etaverishing mumkin. Men har bir insonga xabarning to‘liq matnini ko‘rsatib, sening asl qiyofangni fosh qilaman".



Nargiz Zokirova erini behad sevganligi bois uni shuncha vaqtdan beri kechirib kelganini aytgan. Atrofidagi odamlar uni ogohlantirgan paytlar bunga e’tibor bermagan.

Juftlikning ajrashishiga ularning umumiy farzandi - 16 yoshli Leylaning munosabati qanday bo‘ldi? Leyla onasini behad sevishi va doim u tomon bo‘lishini ta’kidlagan hamda onasiga buvisi (Nargizning onasi) va o‘g‘li Auel (boshqa turmushdan) bilan qolishni maslahat bergan. O‘zi esa otasi xatolarga yo‘l qo‘ymasligi uchun u bilan qolishini va uni yomonliklardan himoya qilishini bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 260
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 112
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 156
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar