“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:38
ЎЗO‘Z

2016/2017 o‘quv yilida 57907 nafar abiturient talabalikka qabul qilinadi

27 мая, 23:55 11 489 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2016/2017 o‘quv yilida 57907 nafar abiturient talabalikka qabul qilinadi 2016/2017 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi. Bu haqda "Darakchi.uz" xabar berdi.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarida talab etiladigan ixtisosliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda ish beruvchilarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini, shuningdek, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlarning maqsadli o‘rta muddatli dasturlarini amalga oshirish, tarmoqlarni modernizasiyalash, texnik qayta jihozlash va diversifikasiyalashni, mamlakat mintaqalarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda o‘zaro bog‘liqligi va mutanosibligini kuchaytirish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarining oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan amalda ta’minlanganligini ekspertizadan o‘tkazib baholash natijalariga ko‘ra bakalavriat tayyorlashning 18 ta yangi mutaxassisligi joriy etilishini nazarda tutuvchi oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Oliy o‘quv yurtlarining aniq yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchilariga nisbatan istiqbolga mo‘ljallangan talab-ehtiyojga, shuningdek, bitiruvchilarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashuvi monitoringi asosida 2016/2017 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari shakllantirildi.

2016/2017 o‘quv yilida 57907 nafar bakalavr, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 19120 va to‘lov-kontrakt asosida – 38787 nafar qabul qilinadi.

Shuningdek, 2016/2017 o‘quv yilida 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1548 va to‘lov-kontrakt asosida – 3452 nafar talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qo‘ng‘irot bo‘limi)ning maxsus sirtqi bo‘limida bakalavrlarni tayyorlash davlat grantlari bo‘yicha 65 nafar va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida – 50 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 15 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 35 nafar qabul qilish umumiy kvotalar belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar