“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:47
ЎЗO‘Z

Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbot qilindi

23 мая, 12:03 7 888 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning xavfli ekanligi isbot qilindi Makmasters universitetining Endryu Mente boshchiligidagi olimlar guruhi kam tuz iste’mol qilinadigan parhezning organizmga foydali emasligi, aksincha uning yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishini isbotlashdi. Tadqiqot natijalari Lancet jurnalida chop etilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Xalqaro tadqiqotda dunyoning 49ta davlatidan 130 ming kishi ishtirok etdi. Olimlar tuzni kam iste’mol qilish va yurak-qon tomiri tizimi kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni topishga harakat qilib ko‘rishdi. Tadqiqotda yuqori va normal qon bosimiga ega kishilar alohida o‘rganilib, natijalar taqqoslandi.

Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi tuz miqdori muayyan ko‘rsatkichdan pastga tushsa, bu jiddiy xavf uyg‘otadi. Shu bilan birga natriyning yuqori qon bosimiga ega kishilar uchun zararli ekanligi ta’kidlandi. Tadqiqotchilarning baholashicha, dunyo aholisining atigi o‘n foizigina tuz iste’molini kamaytirishi kerak, qolganlarga esa bunday parhezdan foyda yo‘q.

Bugungi kunda parhezshunoslar sog‘liqni saqlash maqsadida kundalik rasiondan tuzni kamaytirishni maslahat berishadi, biroq bu, aksincha, yurak va qon tomirlaridagi muammolarni yanada chuqurlashtirib yuborishi mumkin.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, tuzni doimiy ravishda ko‘p iste’mol qilish (kuniga besh grammdan ko‘p bo‘lsa) qon bosimining oshishiga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 119
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 123
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar