“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 18:27
ЎЗO‘Z

Moskva sudi «Dosent» haykalini o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklarga 2,5 yildan qamoq jazosi tayinladi

19 мая, 14:05 7 145 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moskva sudi «Dosent» haykalini o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklarga 2,5 yildan qamoq jazosi tayinladi Moskva shahridagi Nikulinsk sudi sovet aktyori Evgeniy Leonovning "Omadli jentlmenlar" filmidagi Dosent obrazi uchun o‘rnatilgan haykalni o‘g‘irlashda ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarolariga 2,5 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda Rossiya bosh prokuraturasi saytida ma’lum qilingan, deyiladi "Kun" nashrida.

"Bu jinoiy ish bo‘yicha qo‘lga olinganlarning 6 nafariga 2,5 yildan qamoq jazosi belgilandi. Yana bir jinoyatchiga esa 2 yilu 5 oylik qamoq jazosi tayinlandi. Mahkumlar jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashadi", deyilgan xabarda.

Haykal o‘g‘irlangani 2015 yilning 16 oktyabr kuni ma’lum bo‘lgandi. Polisiya etkazilgan zarar miqdorini 160 ming rublga baholagan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining «O‘g‘rilik» moddasi bo‘yicha ish ochilgan, qo‘lga olingan 7 nafar o‘zbekistonlik guruh bo‘lib jinoyat sodir etishda ayblangandi.

Guruh 300 kg og‘irlikdagi haykalni joyidan olib, yuk mashinasiga ortgan va rangli metallarni qabul qilish punktiga olib borgan. Jinoyatchilar bu san’at asarini bo‘laklab 39 ming rublga sotib yuborishgan.

Shu kunning o‘zidayoq jinoyatchilar qo‘lga olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 63
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 74
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 48
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 2
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 56
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 175
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 56
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 102
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 288
  • Bo‘limlar