“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:53
ЎЗO‘Z

Lola Karimova-Tillaeva Global Gift fondi mukofoti bilan taqdirlandi

15 мая, 23:02 11 035 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lola Karimova-Tillaeva Global Gift fondi mukofoti bilan taqdirlandi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning kichik qizi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili, "Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Vasiylik kengashlarining raisi Lola Karimova-Tillaeva Global Gift jamg‘armasi tomonidan maxsus gumanitar mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Unga mukofot Kann shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan marosim vaqtida topshirilgan.

Global Gift Foundation vakili Lola Karimova-Tillaeva hamda uning rahbarligidagi "Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Vasiylik kengashlarining muhtoj oilalar hamda bolalarga ko‘rsatibk kelayotgan xayriya yordamlarini alohida ta’kidlagan.

Global Gift fondining gumanitar mukofoti keng xayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga taqdim etiladi.

“Ushbu mukofotga sazovor bo‘lish men uchun juda katta sharafdir. Bu nafaqat men, balki O‘zbekistondagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi bolajonlar hayotini yaxshilashga hamda maxsus ehtiyojli bolalarga ko‘mak berib ularning imkoniyatlarini oshirishga o‘zlarini baxshida etgan insonlar harakatlarini tan oluvchi mukofotdir. Bu bizning ishimizda kishiga katta dalda va dastak manbaidir,” deb o‘tdi Karimova-Tillaeva taqdirlash marosimida.

Lola Karimova-Tillaeva O‘zbekistondagi ikkita xayriya tashkilotlariga boshchilik qiladi.

"Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi Lola Karimova-Tillaeva tomonidan 2002 yilda O‘zbekistondagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Oradan ikki yil o‘tgach, 2004 yilda Karimova-Tillaeva xonim imkoniyati cheklangan bolalarga davolash va ta’lim sohalarida yordam beruvchi xayriya tashkiloti - Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga asos soldi.

"Sen Yolg’iz Emassan" xayriya fondi O‘zbekistondagi bir qator mehribonlik uylarida ta’mirlash, kapital rekonstruksiya, qurilish va tubdan jihozlash ishlarini olib bordi, natijada ushbu mehribonlik uylarida bolalarning yashashi, har tomonlama rivojlanishi hamda ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar