“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:37
ЎЗO‘Z

Eng «uyquchi» mamlakat nomi e’lon qilindi

12 мая, 13:17 8 279 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng «uyquchi» mamlakat nomi e’lon qilindi Amerikalik matematiklar smartfondagi dastur yordamida dunyoning 100ta mamlakatidan mingga yaqin insonlarning uyqu borasidagi ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, eng «uyquchi» mamlakat Niderlandiya bo‘lib, u erda, asosan, ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq uxlashar ekan.

Michigan universitetining matematiklari Daniel Forjer va Oliviya Valx ikki yil muqaddam sayyohlarga jetlag (vaqt mintaqasining o‘zgarish xastaligi)ga qarshi kurashishda yordam beruvchi Entrain dasturini ishga tushirishdi. Keyinchalik mazkur dastur orqali matematiklar dunyo bo‘ylab minglab insonlarning kun tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashdi.

Tadqiqotchilar vaqtni ko‘proq uyquga sarflash ko‘p hollarda yarim tungacha ishlash zaruriyati yoki do‘stlar davrasida kechani o‘tkazish kabi ijtimoiy sabablarga bog‘liq, degan xulosaga kelishdi. Uyg‘onish esa insonning individual bioritmlariga bog‘liq ekan. Shu sababli, ba’zan kishi kechgacha uyg‘oq yurib, tongda miriqib dam olaman, degan hayolga aldanib qoladi.

Shuningdek, olimlar ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha hisobda 30 daqiqaga ko‘proq uxlashini aniqlashdi. O‘rta yoshdagi erkaklar eng kam uxlashar ekan — ularning uxlash davomiyligi sutkasiga etti-sakkiz soatli odatiy uyqudan kamroq darajani ko‘rsatdi.

Eng «uyquchi» mamlakat Niderlandiya bo‘lib, mamlakat aholisi o‘rtacha 8 soat 12 daqiqa uxlashar ekan. Ular uyquga deyarli 7 soat 24 daqiqa vaqt ajratuvchi Yaponiya va Singapurliklardan 45 daqiqa ko‘proq dam olishlari ma’lum bo‘ldi.

Oliviya Valx qayd etishicha, ko‘p hollarda insonlar dam olish tushunchasini to‘g‘ri anglamay turib, olti soatli uyqu bilan ham yashash mumkin, deb hisoblashadi. Olimlarning aytishicha, uyqusizlik holatidan bir necha kun o‘tgach, karaxt yurgan kishini mastlikning yengil darajasi bilan taqqoslash mumkin.

«Eng ayanchlisi, odamlar uyqusiragan holda kundalikdagi o‘z vazifalarini uddalay olaman, deb o‘ylashadi. Aslida esa bu kabi vaziyatlarda inson reproduktiv salomatligi keskin darajada yomonlashadi, kishi esa buni sezmaydi», — deya ogohlantirdi Oliviya Valx.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar